Nima uchun Python o'rganish kerak?

Nima uchun Python o'rganish kerak?

➜ Sodda va o'rganish oson

Python dasturlash tili sodda va o'rganishga oson dasturlash tili hisoblanadi. Python soha yo'nalishlarida ham yaxshigini o'rin olgan (https://t.me/JavohirJalilov/12). Agar siz "Hello, world" so'zini ekranga chiqarmoqchi bo'lsangiz boshqa dasturlash tillarida bir necha qator kod yozishingiz kerak bo'ladi, Pythonda esa shunchaki - print("Hello, world").

 ➜ Web dasturlash

Pythonda web-saytlarning backend qismini ishlab chiqish uchun bir qator framework lar mavjud. Ulardan Django, Flask, Pylons va boshqalar. Shuningdek Instagram, Pinterest kabi ko'plab web-saytlar aynan Django da yozilgan.

➜ Artificial intelligence (sun'iy intellekt)

AI(Artificial intelligence) hozirgi kunda juda tez rivojlanib borayotkan sohalardan biri. AI yordamida siz sun'iy aqlli Machine(kompyuter)larni yaratishingiz mumkin. Bularning barchasini Python frameforklari yordamida amalga oshirish mumkin.

➜ Data Science

Pythonda ma'lumotlar ustida ko'plab amallarni bajarishimiz mumkin. Pythonda ma'lumotlar ustida ishlash uchun ham frameworklar yaratilgan. Numpy, Pandas, Matplotlib va yana bir nechta frameworklar mavjud.

➜ Mashhurligi va yuqori ish haqi

Python dunyodagi eng mashhur tillardan biridir, shu qatorda eng yuqori ish haqi to'lanadigan dasturlash tillaridan hisoblanadi. AQSH da Python dasturchilarining o'rtacha ish haqi taxminan $120.000 ni tashkil qiladi.

P.S. Hali ham qaysi dasturlash tilini o'rganishga ikkilanib yurgan bo'lsangiz hoziroq Pythonni o'rganishni boshlang 😉

https://t.me/JavohirJalilov