Googleni to'g'ri ishlatish haqida
- Bosh sahifa
- Googleni to'g'ri ishlatish haqida
Googleni to'g'ri ishlatish haqida
Dasturchilar uchun Google eng kerakli vasitalarning ichida TOPda turadi. Lekin ko'pchilik undan noto'g'ri foydalanadi yoki uning kuchini 100% ishlata olmaydi.
Bu post orqali buni to'g'irlashga urinib ko'raman.
1. Qo'shtirnoq ("") belgisi sizning qidiruv so'rovingiz shunday ko'rinishda aniq ichida bo'lgan natijalarni beradi. Masalan, "Jakhongir Rakhmonov" deb qidirsangiz, qaytarilgan natijalarning hammasida "Jakhongir Rakhmonov" degan so'z bo'ladi. Alohida "Jakhongir" yoki alohida "Rakhmonov" yoki bularning o'rtasida boshqa so'zlar bor (masalan "Jakhongir Alisher o'g'li Rakhmonov") degan natijalar chiqmaydi.
2. Minus (-) belgisi sizga shu belgidan keyingi so'z yo'q bo'lgan qidiruv natijalarini topishga imkon beradi. Masalan siz Obama bo'lmagan Baracklar haqida malumot topmoqchi bo'lsangiz "Barack -Obama" deb yozishingiz mumkin. Shundan natijalarda Barack so'zi bo'lgan lekin Obama so'zi bo'lmagan natijalar qaytadi.
3. Tilda (~) belgisi sizga sinonimlarni qidirshga yordam beradi. Masalan siz Googlega python~lessons deb yozsangiz natijalarda lessonsdan tashqari yana courses, tutorials, coachinga o'xshagan natijalar ham bo'lishi mumkin.
4. Vertikal chiziq (|) belgisi "yoki" vazifasini bajaradi. Yani siz Python | Java deb Googleda qidirsangiz, sizga yo Python yoki Java so'zlari bo'lgan natijalar qaytariladi.
5. Ikki nuqta (..) belgisi sizga ikki raqam orasida qidirishga imkoniyat beradi. Masalan siz Python books 1990..2020 deb qidirsangiz, sizga shu yillar orasida yozilgan Python kitoblarni qaytarishga harakat qiladi. Yani bundan kitoblarga 2010 - yilda, 1995 - yilda yoki 2013 - yilda yozilgan kitoblar ham kiradi.
6. Site so'zi sizga qidiruv so'rovingizni aynan bitta websaytdan qidirishga yordam beradi. Masalan siz dictionaries site:realpython.com deb Googleda yozsangiz, faqat realpython.com saytidagi to'g'ri kelgan natijalar qaytadi.
7. Location so'zi huddi site so'zi kabi qaysidir manzildan qidirshga imkoniyat beradi. Masalan hurricane location:malaysia deb qidirsangiz, sizga Malayziyada bo'lgan bo'ronlar haqidagi yangiliklar qaytariladi.
8. Filetype so'zi faqat berilgan fayl turkumlarini qidiradi. Masalan learning python filetype:pdf deb qidirsangiz, PDF formatidagi natijalarni qaytaradi. Kitob qidirshda juda qulay ππ΄β οΈ
πBonus
Google bazida qiziq qiziq (lekin juda keraksiz) bo'lgan funksiyalar (Easter Egg deyiladi) qo'shib qo'yadi saytga. Masalan:
1. Do a barrel roll deb qidirsangiz ekraningiz...aytmayman. Yaxshisi o'zingiz sinab ko'ring π
2. Askew deb yozib ko'ring π
3. Pacman deb yozsangiz shu o'yinni o'ynasa bo'ladi.
Yana bunday "Easter Egg" lar ko'p. Ba'zilari aktualligi qolmaganidan so'ng o'chirilib tashlanadi.
https://t.me/JavohirJalilov

